Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati hamda tizimda samarali faoliyat yuritib nafaqaga chiqqan faxriylar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari general-mayor D.A.Nazarmuxammedov tomonidan o‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvlarda, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Akbar Yusupov, IIB "Faxriylar kengashi" raisi Fayzullo Bibutov, MMI va KBTX masʼullari, hamda ichki ishlar organlarida ko‘p yillar sadoqatli xizmat olib borgan faxriylar ishtirok etdilar.
Bugungi kunda Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida samarali mehnat qilib, hozirda nafaqa gashtini surayotgan 6300 dan ortiq faxriylar mavjud.
Samimiy muloqotlarda ushbu faxriylarni qiynab kelayotgan muammolari o‘rganilib, ularni joyida ijobiy hal etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, faxriylar, ayniqsa yakka yolg‘iz keksalarning holidan xabar olish, ularning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish, oromgohlarda sog‘lomlashtirish va davolashni tashkil etish, ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkillashtirish, va boshqa ijtimoiy ahamiyatli tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelgusidagi ishlar belgilab olindi.
Shuningdek, tadbirlar davomida faxriylarning xonadonlariga tashrif buyurildi, ularning holidan xabar olinib, esdalik sovg‘alari taqdim etildi.