5 Yanvar 2024 yil 2807

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan Qorako‘l tumanining “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarida jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirayotgan ishlar joyida o‘rganildi

Bugun, 5 yanvar kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Oqil Hasanov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, MMI va KBTX boshlig‘i podpolkovnik Umid Utayev boshchiligidagi masʼullar Qorako‘l tumanida bo‘lishdi.

Bunda, tumanning jinoyatchilik salmog‘i yuqori bo‘lgan "Eskiqala" mahallasida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Jarayonda mahallaning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida topshiriqlar berildi.

Mahallada faoliyat olib boruvchi “yettilik” vakillari ishtirokida “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qo‘shma Qaror ijrosi bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni tezkor va samarali hal etish choralarini ko‘rish borasida ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech