2 Iyul 2024 yil 1636

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Qorako‘l tumani sektor rahbarlari hamda mahallalar “yettilik” vakillari ishtirokida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy seminarida maʼruza qildi

Qorako‘l tumani sektor rahbarlari hamda mahallalar “yettilik” vakillari ishtirokida o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ko‘rsatmasiga asosan Buxoro viloyatining Qorako‘l tumani tanlab olinib, Davlat boshqaruvi, Huquqni muhofaza qilish, Ichki ishlar vazirligi Akademiyalari, Jamoat xavfsizligi Universitetining professor o‘qituvchilari hamda viloyat sektor rahbarlari tomonidan aholining kayfiyatiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish, muammolarni o‘rganish va hal etish, bandlikni taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish, mijozbay ishlash mexanizmini hamda "mahalla yettiligi" ning faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi uch kunga mo‘ljallangan o‘quv-amaliy seminarlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur seminar doirasida tashkil etilgan mashg‘ulotlarning ikkinchi kunida bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov ham ishtirok etib, tuman sektor rahbarlari hamda mahallalar “yettilik” aʼzolariga "Migratsiyadan qaytib kelgan fuqarolarning bandligini taʼminlash, "fuqarobay" nazorat qilish va hisobini yuritish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, kriminogen vaziyati og‘ir "qizil toifa" ga kirgan mahallalarda manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish" mavzusida maʼruza qilib, ilmiy asoslangan tushunchalar, tegishli tavsiya va topshiriqlarini berdi.

Mazkur o‘quv amaliy seminari davom etmoqda.

Text to speech