Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi tezkor yig‘ilish o‘tkazildi
Boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov tomonidan o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tgan muhokamada o‘tgan hafta davomida viloyat ichki ishlar organlarining masʼul rahbarlari amalga oshirishi uchun belgilab berilgan vazifalarning ijrosi tanqidiy tahlil qilinib, galdagi vazifalarni belgilab olishga doir quyidagi masalalar birma bir muhokama qilindi.
- muqaddam berilgan har bir ko‘rsatma va topshiriqlarning ijrosini taʼminlash va har bir belgilab berilgan vazifa yuzasidan taqdimot tayyorlash, shu jumladan:
- har bir mahalla, hududiy ichki ishlar organlarining bo‘linma hamda bo‘lmalari, sohaviy xizmatlar, mustaqil boshqarma va xizmatlar kesimida 2025 yilga mo‘ljallagan manzilli ishlarga doir yo‘l xaritalari;
- 2024 yil uchun ochilgan nomenklatura yig‘ma jildlari, turli kitob va jurnallarni sohaviy xizmatlar hamda hududiy ichki ishlar organlari kesimida belgilangan tartibda tikib topshirish, bunda maxfiylik tartibiga to‘la rioya qilish hamda yangilarini ochish;
- xizmat sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy qilish, raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
- viloyatimiz hududlarida sodir etilib salmog‘i yuqoriligicha qolayotgan jinoyatlar, ayniqsa og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi, qotillik, oilaviy zo‘ravonlik, og‘ir tanjarohati yetkazish, shuningdek, o‘g‘rilik, firibgarlik, kiberjinoyatlar, og‘ir oqibatli yo‘l transport hodisalarini oldini olishga doir profilaktik ishlarning holati;
- muqaddam sudlanganlar, profilaktik va probatsiya hisobida turuvchi shaxslar, shu jumladan uzoq muddatga ketgan, qaytib kelganlar bilan ishlash bo‘yicha muqaddam berilgan topshiriqlar ijrosi;
- qidiruv eʼlon qilingan shaxslarni ushlash, mavhum holatda sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish hamda bedarak yo‘qolganlarni topish borasida olib borilayotgan tezkor tadbirlarning natijadorligi;
- bundan tashqari aniqlanadigan jinoyatlar yuzasidan tezkor tadbirlar samaradorligiga erishib, jinoyatlarni issiq izidan fosh etish;
- voyaga yetmaganlar, yoshlar, ayollar jinoyatchiligini oldini olish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;
-"E material" elektron tizimiga joylangan materiallar bo‘yicha belgilangan muddatlarda qonuniy qarorlar qabul qilinishi, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlari olib borilayotgan materiallar yuzasidan protsessual harakatlarni sifatli hamda tezkor bilan o‘tkazib, yakuniy va qonuniy qarorlar qabul qilinishini taʼminlash;
- maxsus muassasalarda saqlanayotganlar bilan olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar;
- viloyat ichki ishlar organlaridagi bo‘sh safdor, serjant hamda ofitserlar tarkibi lavozimlarini munosib kadrlar bilan jamlash borasidagi ishlar;
- shaxsiy tarkibning kuchaytirilgan xizmatga o‘tishi munosabati bilan, kundalik ish tartibini shunga mos ravishda tashkillashtirish va idoraviy nazoratni olib borish, bunda xodimlar o‘rtasida ijro hamda xizmat intizomi, shuningdek, qonuniylikni mustahkamlash;
- viloyat hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy tadbirlar, xususan, yaqinlashib kelayotgan "Yangi yil" tantanalari vaqtida, bayram archasi o‘rnatiladigan hududlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday favqulodda holatlar va ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olishga doir bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar birma-bir muhokama qilindi.
Ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan rahbar xodimlarning hisobotlari tinglanib, ularga qo‘shimcha ravishda yana bir qator vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida ijro va xizmat intizomiga og‘ishmay amal qilish, har bir topshiriqni belgilangan muddatlarda bajarib axborot berish, bunda shaxsiy masʼuliyat va javobgarlik qatʼiy qilib belgilandi.