14 Dekabr 2023 yil
1897
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Prezident archasi” va “Yangi yil bayrami” tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida xavfsizlikni taʼminlashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Yig‘ilishda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari ham sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Unda, bayram tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va tashkil etish bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha tashkiliy, profilaktik chora-tadbir belgilab olindi.
Ushbu muhim ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida xavfsizlikni yuqori darajada taʼminlash, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi alohida taʼkidlanib o‘tildi.