4 Iyun 2024 yil 895

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi faoliyatini o‘rgandi

Bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘ldi.

Maʼlumki, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu o‘rinda, ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar nazorati va qarovsiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha samarali faoliyatni tashkil etish masalalari Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari zimmasiga yuklatilgan.

Boshqarma boshlig‘i markazdagi o‘rganishlari davomida dastlab maʼmuriy binoda xodimlar va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, hududning sanitar holatiga alohida eʼtibor berish, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, daraxtlarni zararli hasharotlardan himoyalash borasida topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng, yakka hamda umumiy suhbatlar jarayonida markazga joylashtirilgan bolalarning ijtimoiy muammolari, oilaviy sharoitlari, qizishlarini o‘rgandi.

Markazda tarbiyalanayotgan bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fan va sport, hunarmandchilik to‘garaklariga jalb etish, har biriga psixologlarni biriktirish choralarini ko‘rish, tarbiyalanuvchilarni vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida ularning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratish borasida masʼullarga ko‘rsatmalar berdi.

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining bu kabi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech