15 Iyul 2024 yil 1374

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Romitan hamda Peshku tumanlari ichki ishlar organlari tomonidan joriy yilning yarim yilida amalga oshirilgan ish natijalarini tanqidiy muhokama qildi

Avval xabar berganimizdek, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov shahar va tumanlarga borib, hududiy ichki ishlar organlarining 6 oylik ish natijalarini muhokama qilib kelmoqda.

Bugun ham tasdiqlangan reja asosida Romitan hamda Peshku tumanlari Ichki ishlar bo‘limlarida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va boshqa masʼul rahbarlar bilan birgalikda, mazkur tumanlar hududiy ichki ishlar organlarining boshliqlari hamda barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida joriy yilning olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Muhokamalarda ushbu tumanlarda hisobot davrida sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabab va omillari, kelgusida “mahallabay” tizim asosida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish bilan bog‘liq salbiy holatlarni oldini olish borasida ushbu tumanlarda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar birma bir tahlil qilindi.

Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tgan muhokama yig‘ilishlarida har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, ushbu tumanlarga masʼul etib biriktirilgan sohaviy xizmat rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va boshqa mutasaddilarning yarim yillik ish natijalari birma-bir ko‘rib chiqilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlar va masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralarni qo‘llash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Boshqarma boshlig‘i Romitan hamda Peshku tumanlarida kelgusi 3-chorak davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarining manzilli ijrosini taʼminlash, ayniqsa qizil toifali mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni jadallashtirish, bundan tashqari, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, qonuniylikka rioya qilish, bunda o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining masʼuliyatini yana-da oshirish borasida o‘zining bir qator tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.

Berilgan topshiriqlarning ijrosi esa alohida nazoratga olindi.

Bu kabi muhokama yig‘ilishlari tasdiqlangan grafik asosida boshqa hududiy ichki ishlar organlarida ham navbati bilan o‘tkaziladi.

Text to speech