31 Avgust 2025 yil 422

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Ikromjon Tursunovning mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli, hamkasblar!
Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami munosabati bilan ichki ishlar organlarining barcha xodimlarini hamda xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolarini va faxriylarimizni samimiy muborakbod etaman.

Bugungi kunda, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida hamma sohalarda keng koʻlamdagi islohotlar boshlanib, izchil davom ettirilmoqda.

Maʼlumki, bugun yurtimizda “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosiy shiorga aylandi.

Bundan maqsad – eng chekka hududlarda ham xavfsiz va har bir fuqaro uchun munosib sharoitlarni yaratish, aholining turmush farovonligini oshirishdan iborat.

Bu yilgi mustaqillik bayrami “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh gʻoya asosida nishonlanmoqda.

Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat, masʼuliyatli va sharafli xizmat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Zimmangizdagi masʼuliyatli vazifalarni sharaf bilan ado etishingizda, Sizga kuch-quvvat, matonat, omad va zafarlar hamisha hamroh bo‘lsin.

Vatanimiz istiqboli porloq, diyorimiz tinchligi va osoyishtaligi bardavom, xalqimiz farovonligi yanada ziyoda, ozod va obod yurtimizning mustaqilligi abadiy boʻlsin!

Ikromjon Tursunov
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik.

Text to speech