4 Avgust 2025 yil 2357

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i huzurida o‘tgan hafta sarhisobiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini xor bo‘lib ijro etishdan boshlangan videokonferensiya aloqa tizimi asosida o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda viloyat studiyasidan Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va shaxsiy tarkib, shahar va tumanlar IIB boshliqlari, hududiy studiyalardan shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining to‘liq shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Dastlab, maʼnaviyat va maʼrifat darsi doirasida ”Kitob - tafakkur xazinasi” mavzusida maʼruza qilindi. Shundan so‘ng:

-joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida viloyat hududida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularga nisbatan qonuniy qarorlar qabul qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasida olib borilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan tizimli xato va kamchiliklar;

-O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi bilan o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;

-shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni taʼminlash masalalari birma-bir muhokama qilindi.

Ko‘tarilgan har bir masala bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosi va natijasi mutasaddi rahbarlarning shaxsiy javobgarligi asosida nazoratga olindi.

Shu bilan birga, Ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 iyul kunidagi 282-sonli farmoyishiga asosan joriy yilning avgust oyi "Inson qadri uchun" shiori ostidagi "Ijtimoiy himoya oyligi" deb eʼlon qilinganligi hamda mazkur oylik doirasida amalga oshiriladigan manzilli ishlar yuzasidan batafsil tushuntirish berilib, shaxsiy tarkib eʼtiboriga barcha zarur maʼlumotlar taqdim etildi.

Yig‘ilish davomida xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holatda qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim masʼul xodimlar va rahbarlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralari qo‘llanilganligi eʼlon qilindi.

Aksincha xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh xodimlar boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i bilan rag‘batlantirildi va tegishli normativ huquqiy hujjatlar asosida bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech