21 Sentyabr 2024 yil 787

Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faxriy xodimlari o‘rtasida “Yilning eng faol faxriy xodimi” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi

Ichki ishlar organlari faxriylarini ijtimoiy faolligini oshirish, ularning boy hayotiy va amaliy tajribalaridan unumli foydalanish, yosh avlodni Vatanga va burchga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi nufuzini oshirish maqsadida Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faxriy xodimlari o‘rtasida “Yilning eng faol faxriy xodimi” ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi o‘tkazildi.

 Ko‘rik-tanlovda har bir tuman-shahar Ichki ishlar bo‘limlaridan faxriy xodimlar ishtirok etishdi.

Ushbu ko‘rik-tanlovda faxriy xodimlarning yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fotolavhalar hamda “Ustoz-shogird” anʼanasi, Faxriylar maktabi, yoshlarga oid davlat siyosati, shuningdek davlat va jamiyat hayotidagi muhim masalalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarini hayʼat aʼzolariga taqdim etish, ijtimoiy-siyosiy mavzudagi savol-javoblar shartlari va shaxmat o‘yini bo‘yicha bellashdilar.

Ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra Shofirkon tumani tumani IIB faxriy xodimi isteʼfodagi starshina Murtazo Latipov 2-o‘rinni, Kogon shahar IIB faxriy xodimi isteʼfodagi mayor Qaxramon G‘ulomov 3-o‘rinni  qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Jondor tumani IIB faxriy xodimi isteʼfodagi kapitan Maxram Maxmudov 1-o‘rinni egallab ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

G‘olib bo‘lganlar boshqarma boshlig‘ining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tashkil etilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar har bir faxriy xodimni vataniga va xalqiga bo‘lgan sadoqatini yana-da mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda  yosh avlodni Vatanga va burchga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi nufuzini oshirishini taʼminlaydi.

Text to speech