Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida "27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi
Tadbirda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Dastlab, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i so‘zga chiqib, so‘z erkinligini amalga oshirish va himoya qilish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatib, jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy maʼlumotlarni tarqatish, ayniqsa, Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan islohotlarni keng omma eʼtiboriga yetkazish borasidagi OAV vakillarining ko‘rsatayotgan xizmatlarini alohida etirof etib, yig‘ilganlarni bayram munosabati bilan muborakbod etdi.
Tadbir davomda boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrig‘i bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati, YHXB hamda Qo‘riqlash boshqarmasi matbuot guruhi xodimlari pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Shundan so‘ng, aholiga tezkor va ishonchli axborot yetkazib berish, viloyatimiz siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy sohalarda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar, manzilli ishlar xususida matbuot, televideniye, radio va internet sahifalarida faol targ‘ib etishda benazir hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha xodimlari boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.