Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, jamoatchilik bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida viloyatning olis va chegara hududlarida amaliy o‘rganish ishlarini olib bordi
Boshqarma boshlig‘i Qorako‘l va Olot tumanlarida bo‘lib, ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish, aholi bilan muloqot samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni o‘rgandi.
Qorako‘l tumanidagi o‘rganishlari davomida “Xavfsiz tun” profilaktik tadbiri doirasida xizmat oldi Yo‘riqnoma o‘tkazib, tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar va kuch vositalarga ularning vazifalari, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va huquq tartibotni taʼminlash borasida zaruriy ko‘rsatma hamda tavsiyalarini berdi.
Shundan so‘ng, tumanda kriminogen vaziyat nisbatan og‘ir hisoblangan “Qorako‘l” mahallasida amaliy o‘rganishlar olib borildi. Mahalladagi jinoyat va huquqbuzarliklar holati tahlil qilinib, mahalla vakillari va profilaktika inspektorlarining hisobotlari eshitildi. Ular tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlar, tuzilgan "mahallabay" yo‘l xaritaning bandlari ijrosi, aholi o‘rtasida olib borilgan targ‘ibot tushuntirish ishlari, muammoli oilalar, nizolashayotgan fuqarolar bilan ishlash tizimi, shu jumladan voyaga yetmaganlar, yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, ushbu toifa shaxslarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi.
Navbatdagi manzil viloyatning eng olis, chegara hududi hisoblangan Olot tumani.
Ushbu tumanning Navro‘z mahallasi jinoyatchilik ko‘rsatkichi nisbatan yuqori hisoblanadi. Bu yerda bo‘lgan boshqarma boshlig‘i mazkur mahalladagi vaziyatni alohida o‘rgandi. Hududda amalga oshirilgan profilaktik tadbirlarning natijadorligi, aholi o‘rtasida olib borilgan manzilli ishlar, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla vakillari va huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan uchrashib, ularning faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, masʼullar tuman markazida piyoda yurib “Xavfsiz tun” tadbiri doirasida xizmat olib borayotgan kuch-vositalarning faoliyatini ham ko‘zdan kechirdilar. Xizmat intizomi, aholi bilan muloqot madaniyati, vaziyatga qarab tezkor qaror qabul qilish qobiliyati yuzasidan shaxsiy tarkibga bir qator tavsiya hamda aniq ko‘rsatmalar berildi.
Boshqarma boshlig‘i boshchiligidagi bunday amaliy yordam va nazorat-o‘rganish ishlari belgilangan grafik asosida viloyatning barcha tuman va shaharlarida davom ettiriladi.