25 Aprel 2025 yil 169

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bir qator maʼmuriy binolarida kapital qurilish va taʼmirlash ishlari jadal olib borilmoqda

Bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi masʼullar Boshqarmaning Davolash-profilaktika muassasalari Tibbiyot bo‘limi Gospitali hamda Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi maʼmuriy binolarida olib borilayotgan qurilish va kapital taʼmirlash ishlarining borishini joyiga chiqib o‘rgandilar.

Bunda, rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan inshootlarni yuqori sifat, zamon talablari asosida taʼmirlash, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, belgilangan qurilish taʼmirlash grafigi asosida ishlarni yakunlab, foydalanishga topshirish yuzasidan bir qator tavsiyalar hamda topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yana bir muhim masala, binolarda energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali elektr energiyasi tejamkorligiga erishish borasida ham masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech