26 May 2025 yil 1329

Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi

Bugun, 26 may kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida hafta davomida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini xor bo‘lib ijro etishdan boshlangan yig‘ilishda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar va o‘rta bo‘g‘in rahbarlari va barcha xodimlari, videokonferensaloqa tizimi asosida barcha hududiy ichki ishlar organlarining to‘liq shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Dastlab, maʼnaviyat va maʼrifat darsi doirasida "Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi amalda" hamda "Kashandalik - umr zavoli" mavzularida mashg‘ulot o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, joriy yilning 5 oyi 25 kuni mobaynida sodir etilgan jinoyatlar tahlili;

-1 may kunidan 30 iyun kuniga qadar o‘tkazilishi belgilangan “Qoradori-2025” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida amalga oshirilgan ishlar;

-viloyat IIB boshlig‘ining farmoyishi asosida joriy yilning 10 may kunidan, 10 iyun kuniga qadar viloyatimizda o‘tkazilishi belgilangan “Nazorat” tezkor profilaktik tadbirlarining dastlabki natijalari;

-shu jumladan, tashabbus bilan aniqlanadigan jinoyatlar, ochilmagan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlarning samaradorligi;

-surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlarini sifatli o‘tkazish;

-murojaatlar bilan ishlash, “E-material” tizimiga kelib tushayotgan materiallarni kundalik nazorat qilish va qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlash;

-oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar, ayniqsa o‘g‘rilik, firibgarlik, tan jarohati bilan bog‘liq, oila-turmush doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga doir profilaktik tadbirlar va bunda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar;

-xotin qizlar, yoshlar hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;

-og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, tan jarohati yetkazish, oila turmush doirasidagi, shu jumladan oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish;

Prezidentimizning "2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarori talablari asosida hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, mavjud muammolar hamda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar birma-bir tanqidiy tahlil asosida muhokama qilindi.

Yakunda, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni taʼminlash yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech