29 Iyun 2024 yil 1704

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi

Tadbirda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Akbar Yusupov, boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Jarayonda, so‘z erkinligini amalga oshirish va himoya qilish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatib, jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy maʼlumotlarni tarqatish, ayniqsa Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan islohotlarni keng omma eʼtiboriga yetkazish borasidagi OAV vakillarining ko‘rsatayotgan xizmatlari alohida etiroa etildi.

Tadbir davomda boshqarma boshlig‘ining tegishli buyurig‘iga ko‘ra IIB Axborot xizmati hamda YHXB matbuot guruhi xodimlari pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Shundan so‘ng, aholiga tezkor va ishonchli axborot yetkazib berish, viloyatimizdagi mavjud keng va qulay imkoniyatlarni respublika matbuoti, televideniye, radio va internet sahifalarida faol targ‘ib etilishida benazir hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha xodimlari, boshqarma boshlig‘ining, tashakkurnoma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Text to speech