13 May 2024 yil 1081

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 13 may kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kichik majlislar zalida boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov tomonidan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Bunda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Tezkor yig‘ilishda Ichki ishlar boshqarmasi va hududiy ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi, murojaatlar, jinoyat hamda huquqbuzarliklar yuzasidan ariza va xabarlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli ko‘rib chiqib, natijasi yuzasidan asoslantirilgan qarorlar qabul qilinishini taʼminlash, nazorat va ijrochilik intizomini kuchaytirishga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

Har bir ko‘rilgan masala yuzasidan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, hududiy ichki ishlar organlariga masʼul etib biriktirilgan sohaviy xizmatlar rahbarlariga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Jarayonda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining "Ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash tartibini tashkil etish to‘g‘risida" gi buyrug‘i asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot muhokamasi ham o‘tkazildi.

Text to speech