Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov G‘ijduvon tumanining Ulfalbibi hamda Nodirabegim mahallalari aholisi muammolari yechimiga bag‘ishlangan sayyor qabullarni o‘tkazdi
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunov aholi bilan doimiy muloqot qilib, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga yetkazish borasida bevosita joylarga chiqib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazib kelmoqda.
Bugun ham kunning birinchi yarmida boshqarma boshlig‘i viloyat 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon tumanining “Ulfatbibi” hamda “Nodirabegim” mahallalarida aholi murojaatlari yechimiga qaratilgan sayyor qabullarini o‘tkazdi.
Viloyat 3-sektor shtabi aʼzolari, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan dastlabki yuzma-yuz ochiq muloqot “Ulfatbibi” mahallasida o‘tkazildi. Bu yerda gan 10 dan ortiq fuqarolarning 20 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlari birma bir ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng “Nodirabegim” mahallasiga borilib, bu yerda ham 10 ga yaqin mahalla fuqarolarining murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Ushbu ikkala mahallada o‘tkazilgan qabul davomida asosan ish bilan taʼminlash, taʼlim krediti, tadbirkorlikni kengaytirishda amaliy yordam berish, elektr taʼminotidagi past kuchlanishni bartaraf etish, ichki yo‘llarni taʼmirlash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, sunʼiy notekisliklar hamda tartibga soluvchi svetofor o‘rnatish masalalarlari ko‘tarildi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olingan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Boshqarma boshlig‘i aholi bilan muloqotda bildirilgan taklif va mulohazalar, ko‘tarilgan muammolar asosida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yana-da yaxshilash, mahallalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, asosan “Temir”, “Yoshlar” va “Ayollar” daftarlariga kirgan, shuningdek ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Albatta, bu kabi sayyor qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iboratdir.