Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi apparati shaxsiy tarkibi bilan navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi o‘tkazildi
Bugun, 6 yanvar kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi ishtirokida "Yashil boyliklar - salomatligimiz va farovon hayotimiz manbayi, 2025 yil Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili" mavzusida navbatdagi maʼrifat darsi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlangan mashg‘ulot avvalida o‘tgan hafta mobaynida Respublikamiz ijtimoiy siyosiy hayotida sodir bo‘lgan yangiliklar yuzasidan tayyorlangan videolavha shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.
Shundan so‘ng, "Unison Soft" MCHJ Buxoro viloyati filiali mutaxassisi tomonidan "Elektron hujjat almashinuv tizimida ishlash tartibi" mavzusida batafsil tushunchalar berilib, amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligining 2024 yil 30 iyul kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvlarini tayinlash va o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
Mashg‘ulot yakunida shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, ushbu jarayonda qonunchilik talablariga to‘la rioya qilish yuzasidan yo‘riqnoma ham o‘tkazildi.