Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.
O‘tmish va tarix – bu ikki so‘z o‘zining qamroviga juda katta manolarni mujassam etgan.
O‘tmish va tarixsiz kelajakni barpo etish, kelajakka intilish mushkul ekanligini barcha birdek anglaydi va biladi.
O‘tmish va tarixni yodga olib, u bilan har doim suhbatlashsak, ularning nasihatiga quloq tutsak, kelajakda maqsad qilgan yuqori marralarni zabt etish ham oson kechadi.
Shu maqsadda, ichki ishlar organlarining bosib o‘tgan yo‘llariga nazar tashlash borasida ham mamlakatimizda talaygina amaliy ishlar olib borilmoqda.
So‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan yosh avlodni tarbiyalashda “Ustoz-shogird” anʼanasiga amal qilish, ustozlarni ulug‘lash, ularning orttirgan tajribalaridan unumli foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ushbu ishlarning amaliy ifodasi sifatida, Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari tashabbusi bilan "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.
Uchrashuvda uzoq yillar davomida ichki ishlar organlari tizimida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilib, yosh avlodga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan faxriy ustozlar o‘zlarining boy amaliy tajribalari haqida litsey o‘quvchi yoshlariga so‘zlab berishdi.
Uchrashuv yakunida faxriylarimiz tomonidan o‘quvchi yoshlarga taʼlim jarayoni davomida intizomli bo‘lish eng ustuvor vazifa ekanligi tushuntirildi.