Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida "Manfaatlar to‘qnashuvi taraqqiyot kushandasi"mavzusida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy mashg‘ulot o‘tkazildi
Videokonferensaloqa tizimi asosida o‘tgan maʼrifat darsida boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari hamda barcha shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Davlat madhiyasini ijro etishdan boshlangan darsni boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov olib borib, dastlab Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Inomov Avazbek Soyibjonovich, Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlangan podpolkovnik Mengliyev Ulug‘bek Norqo‘ziyevich hamda Tezkor qidirua xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan podpolkovnik Egamberdiyev Baxtiyor Azimovichlarning faoliyat yo‘li bilan shaxsiy tarkibni tanishtirib, ularning xizmat faoliyatiga oid kelgusidagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Mashg‘ulot mavzusi yuzasidan Buxoro Muhandislik texnologiya institutining yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i Sheroz Temirov maʼruza qilib, shaxsiy tarkibga batafsil tushunchalar berdi.
Bundan tashqari Respublikamiz siyosiy-ijtimoiy hayotida ro‘y bergan voqea hodisalar aks etgan videolavha namoyish qilinib, xodimlarga hafta davomida jamiyatda sodir bo‘lgan voqeliklar yuzasidan ham maʼlumotlar berildi.
Mashg‘ulot davomida nutq so‘zlagan boshqarma boshlig‘i mavzu yuzasidan o‘zining fikr va mulohazalarini bildirib, jarayonda, joriy yilning 7 oyi 10 kunida viloyatimiz hududlarida sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlarni oldini olish oyligi" doirasidagi manzilli profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, murojaatlar bilash ishlash, shuningdek, shaxsiy tarkib tomonidan ijro va xizmat intizomi hamda qonun talablariga qatʼiy rioya qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, taʼmagirlik va poraxo‘rlik kabi illatlarning xodimlar tomonidan sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qator ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.
Mashg‘ulot yakunida boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i bilan viloyat hududida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olishda sidqidildan xizmat olib borib, aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga o‘ziga pora sifatida taklif etilgan 600 AQSH dollarini olmasdan, ushbu holatni tegishli tartibda rasmiylashtirgani uchun viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi safdor Qodirov G‘anijon Hotamboyevich pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, viloyat ichki ishlar organlarining turli rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat olib borib viloyatimiz hududida jinoyatchilikni jilovlash, yurtimiz tinchligi, fuqarolarimiz farovonligini taʼminlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan polkovnik Muhammedov Sayfiddin Ro‘ziyevichni nafaqaga kuzatish marosimi ham o‘tkazildi.