8 Avgust 2024 yil 2275

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunov Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limida ham muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi

Rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, xabar berib borayotganimizdek, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov hududiy ichki ishlar organlariga borib, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomi hamda qonunchilikni mustahkamlash borasida muhokama yig‘ilishlarini o‘tkazib bormoqda.

Boshqarma boshlig‘ining navbatdagi manzili Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi bo‘ldi.

Bu yerda ushbu tuman hokimi, hududiy sektor rahbarlari va huquqni tartibot organlari masʼullari, tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Muhokama yig‘ilishini olib borgan boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Zafar Davronovning faoliyat yo‘li bilan ishtirokchilarni tanishtirib, uning xizmat faoliyatiga oid kelgusidagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Prezidentimizning tegishli qarori bilan tashkil etilgan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tuman idoralararo komissiyasiga aʼzo subyektlar bilan hamkorlikda, tumanda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi manzilli ishlarni izchillik bilan tashkil etish, har bir subyektning alohida vazifalarini aytib o‘tib, galdagi qator masalalarga doir ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.

Shuningdek, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiogen holatlarni oldini olish, murojaatlar bilan ishlashga eng muhim vazifa sifatida qarab, alohida nazoratga olish, taʼmagirlik va boshqa shunga o‘xshash salbiy holatlarga qarshi murosasiz bo‘lishni qatʼiy taʼkidladi.

Respublikamiz ichki ishlar organlarida kadrlarni tanlash, joy joyiga qo‘yish, uzluksiz o‘qitish tizimi, rahbar kadrlarning zahirasini yaratish, bu jarayonda to‘g‘ri va adolatli faoliyat olib borish, tizimni xalqchil tuzilmaga, fuqarolarning chinakam himoyachisiga aylantirish, xodimlarni Vatanga va kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ham aytib o‘tdi.

Muhokama yig‘ilishlari davom etmoqda.

Text to speech