Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Kogon shahar va Kogon tumani mahallalarida keng ko‘lamli o‘rganish ishlarini olib bordi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida Kogon shahar va Kogon tumanida keng ko‘lamli o‘rganish va tahlil ishlarini amalga oshirdi. Bunda asosiy eʼtibor kriminogen vaziyati bir muncha murakkab mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topishga qaratildi.
O‘rganishlar Kogon shahrining Mirzo Ulug‘bek, Istiqlol, Bunyodkor, Mahtumquli, Xo‘jabargi, Bobur hamda Kogon tumanining Geofizika, Taraqqiyot, Tutkunda, O‘bacho‘li, Yangihayot va Beklar mahallalarini qamrab oldi.
Jarayonda quyidagi yo‘nalishlar:
-mahallalardagi kriminogen vaziyat tahlil qilindi, jinoyatchilik holatlarini kamaytirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi;
-“qizil” tofadagi mahalalarda sodir etilgan jinoyatlar tahlili va kelgusida ushbu mahalalarni “yashil” hududga aylantirish borasidagi ishlar tahlil qilindi;
-aholining ijtimoiy va iqtisodiy muammolari o‘rganildi, ishsizlik, kommunal xizmatlar, yoshlarning bandligi, xotin-qizlar bilan ishlash kabi masalalar yuzasidan mahalla faollari va mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi;
-jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurash doirasida noqonuniy qurilmalar va o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlar holati o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi;
-mahallalardagi infratuzilma holati (yo‘llar, yorug‘lik, kanalizatsiya, ichimlik suv taʼminoti) tahlil qilindi, zarur hollarda taʼmirlash, tiklash va yangidan qurish ishlari bo‘yicha mahalliy hokimiyat va mutasaddilarga tavsiyalar berildi;
-qurilish va bunyodkorlik ishlari bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi, mahallalardagi ijtimoiy obyektlar holati o‘rganildi;
-PQ-1 son qaror bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosi, shu jumladan, yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yo‘l belgilarini yangilash, svetoforlarni tiklash, yo‘lovchilar, ayniqsa bolalar xavfsizligi masalalari muhokama etildi.
Ushbu o‘rganishlar natijasida mahallalarda aniqlangan muammolarni bartaraf etish, jamoatchilik bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish va aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan aniq vazifalar belgilab olindi.
O‘rganishlar natijalari yuzasidan mahalliy hokimiyat, mahalla mutasaddilari, faollar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.