Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi maʼnaviy va maʼrifiy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida "To‘ylarimiz haqida o‘ylarimiz" mavzusida navbatdagi maʼrifat darsi o‘tkazildi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi mazkur maʼnaviy tadbirda boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlari rahbarlari va shaxsiy tarkib, videokonferensaloqa tizimi orqali hududiy ichki ishlar organlari rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlangan mashg‘ulot avvalida o‘tgan hafta mobaynida Respublikamiz ijtimoiy siyosiy hayotida sodir bo‘lgan yangiliklar yuzasidan tayyorlangan videolavha shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.
Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari mavzu yuzasidan yig‘ilganlarga batafsil maʼlumotlar taqdim etdi.
Maʼnaviyat va maʼrifat darsi davomida O‘zbekiston Respublikasini Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borayotgan samarali xizmati uchun 1 nafar xodim “Aʼlo xizmatlari uchun”, 1 nafar xodim I darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun”, 2 nafar xodim II darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun”, 2 nafar xodim III darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari, shuningdek, 1 nafar xodim Ichki ishlar vazirining “Faxriy yorlig‘i”, 1 nafar xodim Ichki ishlar vazirligining esdalik qo‘l soati bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ing tegishli buyrug‘iga asosan bir guruh xodimlar pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ing tegishli buyrug‘iga asosan o‘z kasbiga sidqidildan yondashib hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan, xizmat vazifasini bajarishi bilan bog‘liq holatlarda vujudga kelgan korrupsion holatlar haqida o‘z vaqtida xabar berib, pora berish bilan bog‘liq jinoiy faoliyatga chek qo‘ygan yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining 3 nafar fidoyi xodimlari o‘zlariga taklif qilingan pora miqdorining ikki barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Yakunda, respublikamiz hamda viloyatimiz miqyosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan salbiy holatlar o‘qib eshittirilib, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, qonunchilik talablariga to‘la rioya qilish yuzasidan alohida yo‘riqnoma ham o‘tkazildi.