Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov huzurida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ish natijalari, yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ichki ishlar organlari xodimlari, ayniqsa, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat intizomi va qonun buzilishi bilan bog‘liq holatlarni birma bir tanqidiy muhokama qilib, shaxsiy tarkib tomonidan korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirish xarakteriga ega bo‘lgan tushuntirish ishlarini olib bordi.
Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasining tegishli sohaviy xizmatlari mutasaddi rahbarlari, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Jarayonda, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Bekzod Ulug‘bekov, Buxoro viloyati hududidagi avtomobil yo‘llarida fuqarolar xavfsizligini ishonchli taʼminlash va tan jarohati va insonlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalarini keskin kamaytirish yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi belgilab olingan ishlar xususida axborot berdi.
Bunda, ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi hamda chora-tadbirlar rejasiga asosan manzilli ish olib borish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlari, taalluqli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda bir yoqadan bosh chiqarib, kuchaytirilgan tartibda xizmat faoliyatini olib borish lozimligi, “Mahallabay” tizim hamda kvadrat usulida, inspektorlar tomonidan keng jamoatchilikni jalb etgan holda uyushqoqlik bilan faoliyat olib borish kerakligi aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng, viloyat hududida namunali harakat xavfsizligini taʼminlash, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib, ularni bartaraf etish va samarali xizmatni tashkil etish borasida masʼullarga manzillari topshiriqlar berildi.