6 Iyul 2024 yil 1328

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov G‘ijduvon tumanida “Xavfsiz hudud” tadbirlari yuzasidan o‘rganishlar olib bordi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilib, alohida ishchi guruhlar tomonidan tumanda mavjud tizimli muammolar, aholining murojaatlarini hal etish, kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlikni kamaytirish, migratsiyada yurib qiynalgan fuqarolarni qaytarish va ularni ish bilan taʼminlash, migratsiyada yurgan fuqarolarning oila aʼzolari, sudlarda nizolashayotgan yoki nizoli oila sifatida profilaktik hisobga olingan oilalar bilan manzilli ishlash, mahallalarni raqamlashtirib, zamonaviy videokuzatuv moslamalari bilan jihozlash va integratsiya qilish, bunda mahalla yettilik vakillarining ish samaradorligini oshirish uchun ularning bilim saviyasini, ishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, barcha xodimlar, fuqarolar ayniqsa yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kundalik ish faoliyatlari ustidan idoraviy nazoratni kuchaytirish borasida manzilli ishlar olib borilmoqda.

Bugun mazkur tumanda bo‘lgan boshqarma boshlig‘i o‘rganishlari doirasida tumanning 75 ta mahallalariga biriktirilgan masʼullar tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, kunlik nazorat tizimining qay tartibda tashkillashtirilganligini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, boshqarmasi boshlig‘i G‘ijduvon tumanining og‘ir hududlaridan biri bo‘lgan "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" dasturi doirasida o‘ziga biriktirilgan

“Ko‘lijabbor” mahallasida yakunlanib borayotgan keng ko‘lamli qurilish, taʼmirlash, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarining borishi bilan ham yaqindan tanishib, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan o‘zining tavsiya hamda topshiriqlarini berdi.

Text to speech