Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Shofirkon tumanining eng chekka hududlaridan biri “Shibirg‘on” mahallasida o‘rganishlar olib bordi
Avval xabar berganimizdek, viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumanining eng chekka hududlaridan biri “Shibirg‘on” mahallasida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovning tashabbusi, tuman sektor rahbarlarining saʼy harakatlari bilan mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi, uning yonida 100 nafar mahalla xotin-qizlarini doimiy ish bilan taʼminlashga xizmat qiluvchi tikuvchilik sexi hamda ushbu mahalla profilaktika inspektori va uning oila aʼzolari istiqomat qilishi uchun xizmat uyi qurilishi boshlab yuborilgan edi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov bugun, Shofirkon tumanining “Shibirg‘on” mahallasida bo‘lib, yangidan qurilayotgan mahalla binosi, tikuvchilik sexi va profilaktika inspektorining xizmat uyida amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Jarayonda, yangidan qad rostlayotgan inshootlarni zamon talablari asosida, mahalla vakillari hamda hudud aholisi foydalanishi uchun qulay tarzda, tez va yuqori sifat asosida qurib foydalanishga topshirish borasida masʼullarga manzilli topshiriqlar berdi.
Boshqarma boshlig‘ining bu kabi o‘rganishlari, viloyatning 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon, Shofirkon va Vobkent tumanlarida, shuningdek, boshqa shahar va tumanlarning 3-sektorlariga qarashli mahallalarida bosqichma bosqich amalga oshirib kelinmoqda.