Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Moliya va moddiy texnika ta’minoti boshqarmasidagi mavjud bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi
ESLATMA: Tanlovda oliy taʼlim muassasalarini iqtisodiy ta’lim sohasi, mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, oliy maʼlumotga ega bo‘lgan Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 23 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi 170 smdan kam bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
Ushbu tanlovda ishtirok etadigan nomzodlar http://exarid.uzex.uz/, https://xarid.uzex.uz/, https://tender.mc.uz/, https://uzasbo.uz/ elektron saytlarida hamda “Exsel”, “Word” ilovalarida ishlash bo‘yicha mukammal bilimga bilim hamda ko‘nikmalar (maxsus bilim)ga ega bo‘lishlari shart.
Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:
- biometrik pasport yoki ID-kartasi;
- tug‘ilganlik haqida guvohnomasi;
- oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asl nusxasi;
- harbiy guvohnoma asl nusxasi;
- 3 x 4 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurʼat (bosh kiyimsiz);
- doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy maʼlumotnoma);
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2024-yilning 5 avgust - 10 avgust kunlari Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markaziga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.
Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.
2024-yilning 5 avgust - 10 avgust kunlaridan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.
Manzil: Buxoro shahar Navoiy shox ko‘chasi, 6a-uy.
Mo‘ljal: IIV Buxoro Akademik litseyi.
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: 90 613 52 32, 91 401 41 19