Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunovning shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini hamda qonuniylikni mustahkamlashga doir navbatdagi muhokama yig‘ilishi Jondor tuman IIB da o‘tkazildi
Bugun, joriy yilning 8 avgust kuni ushbu tumanning hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan muhokama yig‘ilishini boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov olib borib, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Abduxalil Nosirovni tanishtirib, uning xizmat faoliyatiga muvaffaqiyat tilagan holda, kelgusidagi birlamchi hamda dolzarb vazifalarini belgilab berdi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tuman idoralararo komissiyasiga aʼzo subyektlar bilan hamkorlikda, tumanda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi manzilli ishlarni tashkillashtirish masalalarida o‘zining bir qator taklif hamda tavsiyalarini berdi.
Jarayonda, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiogen holatlarni oldini olish, murojaatlar bilan ishlashni alohida nazoratga olish, taʼmagirlik va boshqa shunga o‘xshash salbiy holatlarga qarshi keskin kurashish borasida ham so‘z yuritdi.
Bugungi kunda ichki ishlar organlarida kadrlarni tanlash, joy joyiga qo‘yish, uzluksiz o‘qitish, rahbar kadrlarning zahirasini yaratish, bu jarayonda to‘g‘ri va adolatli faoliyat olib borish, tizimni xalqchil tuzilmaga, fuqarolarning chinakam himoyachisiga aylantirish, xodimlarni Vatanga va kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ham batafsil maʼlumotlar berildi.
Bu kabi muhokama yig‘ilishlari davom ettiriladi.