Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovning Shofirkon tumanidagi o‘rganishlari davom etmoqda
Prezidentimizning 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizning barcha hududlarida yo‘lga qo‘yilgan sektorlar faoliyati davlat organlarini aholi bilan yana-da yaqinlashtirish, xalq bilan tizimli muloqotini yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘lmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovga ham viloyat 3-sektor rahbari sifatida G‘ijduvon, Shofirkon hamda Vobkent tumanlari biriktirilgan.
Boshqarma boshlig‘i o‘z faoliyatini boshlagan kunidanoq fuqarolarmizning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga hamda sektor faoliyatini yana-da takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Ayni maqsadda esa Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i doimiy ravishda hududlarda bo‘lib, tumanlar sektor rahbarlari, tegishli masʼullar, mahallalar “yettilik” vakillari shuningdek, aholi bilan bevosita muloqot o‘tkazib, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etib kelmoqda.
Bugun ham 3-sektor rahbari Ikromjon Tursunov o‘zi masʼul etib belgilangan Shofirkon tumanida bo‘ldi.
Boshqarma boshlig‘i dastlab, tuman markaziy o‘yingohida olib borilayotgan qayta rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish borasida ilgari berilgan topshiriqlarning ijrosini ko‘zdan kechirdi.
Jaryonda tumandagi sportsevar yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.
Samimiy muloqotda boshqarma boshlig‘i bugungi kunda davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarning taʼlim tarbiya olishi, ayniqsa sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratib berilatgan keng ko‘lamli imkoniyatlarni alohida eʼtirof etib, ushbu o‘yingohda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari mazkur ishlarning uzviy davomi bo‘layotganini alohida taʼkidladi.
Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘i tumanning olis hududlalaridan yana biri “Shibirg‘on” mahallasida o‘rganish ishlarini davom ettirdi.
Jumladan, tegishli mutasaddilar va mahalla yettiligi ishtirokida hududda "Obod va xavfsiz xonadon" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan tozalash obodonlashtirish, komunikatsiya tarmoqlarini o‘tkazish va shu kabi boshqa ishlarni joyida o‘rganib, galdagi vazifalarni muhokama qildi.
Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i masʼullar bilan birgalikda aholining bayram kayfiyatini bilish, ularni eng aziz va muqaddas bayram davlatimizning 33 yillik tantanalari bilan muborakbod etish maqsadida uyma-uy yurib, ayniqsa, ijtimoiy ahvoli og‘ir, kam taʼminlangan, “Temir”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga kirgan, shuningdek, uzoq muddatga ketgan yoki qiynalganligi sababli vatanga qaytib kelgan fuqarolar, ularning yaqinlari, voyaga yetmagan farzandlari hamda yakka yolg‘iz, nogiron va uzoq vaqtdan beri kasallikka chalinib davolanayotgan fuqarolarning holidan xabar olib, ushbu toifadagi shaxslarning muammolari va murojaatlarini o‘rgandi.
Jarayonda viloyat hamda tuman mutasaddi idoralarining masʼul rahbarlariga aniqlangan masalalar yechimi yuzasidan tavsiya, ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.
Shofirkon tumaning Dorigar mahallasida 2930 nafar aholi istiqomat qiladi.
Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Razzoq ota Rajabov xonanadonidagi to‘rt sotix tomarqa yerida 70 tup anjir va 20 tup anor daraxtlarini ekkan. Usta bog‘bon ushbu bog‘dan olayotgan hosilidan yiliga 30-40 million atrofida daromad topmoqda.
Boshqarma boshlig‘i mahalladagi o‘rganishlari doirasida ushbu xonadonga ham tashrif buyurdi. Razzoq ota Rajabovning ko‘p yillik bog‘dorchilik tajribasini yaqindan o‘rgandi.
Jarayonda tomorqasidan unumli foylanib, yaxshi daromad topayotgan ushbu usta bog‘bon tajribasini mahallaning boshqa hududalariga ham joriy etgan holda, tomorqasidan unumli foydalanmaydigan, kam taʼminlangan fuqarolar xonadonlariga ham yoyish, ushbu yo‘nalishni mahallaning asosiy drayveriga aylantirish orqali mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining daromadlarini oshirish chora tadbirlari yuzasidan o‘zining bir qator tavsiya hamda topshiriqlarini berdi.
Bu kabi o‘rganish, amaliy yordam ko‘rsatish ishlari tizimli va reja asosida davom ettirilmoqda.