13 Sentyabr 2024 yil 875

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi profilaktika inspektori” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida maʼnaviy maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi va Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 avgust kunidagi "Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo‘yicha Respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 539-sonli Qaroriga asosan Buxoro viloyat IIB boshlig‘ining 2024 yil 19 avgust kuni 160-sonli buyrug‘i bilan "Eng yaxshi profilaktika inspektori" ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.

Mazkur tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarliklarini to‘sindan tortilish va 100 metrga yugurish mashqlarini bajarish orqali sinovdan o‘tkazdilar.

Shuningdek, "Makarov" pistoletini to‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, "Makarov" pistoletidan 50 metr masofaga otish mashqlari bajarildi.

Yakunda ishtirokchilardan IQ (intellektual koeffitsiyent) va individual psixologik xususiyatlarini hamda bilim darajasini aniqlashga qaratilgan elektron test sinovlari olindi.

G‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Text to speech