26 Sentyabr 2024 yil 2334

Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan psixologlar ishtirokida “Eng yaxshi psixolog” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga muvofiq Ichki ishlar organlarida psixologik taʼminlashning sifat jihatdan samaradorligini yana-da oshirish hamda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan psixologlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni yaratish orqali yetuk mutaxassis psixolog kadrlar safini yana-da kengaytirish yuzasidan yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024 yil 1 fevral kunidagi “ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi psixolog” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 57-son buyrug‘iga asosan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan psixolog mutaxassisiga ega bo‘lgan xodimlar o‘rtasida “Eng yaxshi psixolog” tanlovi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovda dastlab, ishtirokchilarga mazkur tanlov qonun qoidalari tushuntirib o‘tildi.

Shundan so‘ng, psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlari, targ‘ibot-tashviqot ishlari, trening, seminar, konferensiya va boshqa ommaviy tadbirlardagi ishtiroki bilan tanishildi.

Shu bilan birga, psixologiya kasbini yoritishga qaratilgan “Eng yaxshi psixolog” tashrif qog‘ozi, videoroligi namoyishi, psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan g‘oya va uni amaliyotga joriy qilish istiqbollari va tanlov ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritgan ishtirokchilar kelgusida tanlovning Respublika final bosqichiga qatnashish yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

Text to speech