29 May 2025 yil 957

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan kam taʼminlangan oilalar muammolarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topishga qaratilgan ko‘lamli chora-tadbirlar davom ettirilmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilning 23 sentyabr kuni Prezidentimiz tomonidan “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida” gi PF-143-sonli Farmoni hamda ““Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli Qarori qabul qilinib, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari hamda barcha hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga ham kambag‘al oilalar biriktirilib, manzilli ishlar olib borildi.

Shu jumladan, Boshqarma boshlig‘iga biriktirilgan G‘ijduvon tumanining "Ko‘lijabbor" mahallasida istiqomat qiluvchi 5 ta kam taʼminlangan oilalar bilan olib borilgan keng ko‘lamli va manzilli ishlar natijasida ularning yashash tarzi tubdan o‘zgardi.

Bugungi kunga kelib ushbu mahalladagi yana 5 nafar kam taʼminlangan fuqarolar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan bo‘lib, ushbu xonadonlarda taalluqli korxona va tashkilotlar masʼullari hamda mahalla yettiligi bilan birgalikda tasdiqlangan reja asosida zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Har bir xonadonda istiqomat qiluvchi oila aʼzolari bilan individual suhbat o‘tkazilib, ularning mavjud muammolari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalari o‘rganildi.

Jarayonda ushbu oilalardagi fuqarolar uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etilib zaruriy dori-darmonlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Shu bilan birga ehtiyojdan kelib chiqib suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi. Xonadolarni joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, ushbu fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarishda eng avvalo ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, mavjud istaklaridan kelib chiqib, individual reja asosida ularni kasbga o‘qitish, tadbirkorlikka yo‘naltirish, muqim daromad manbaini yaratib berish borasidagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Text to speech