Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i huzurida navbatdagi haftanoma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini xor bo‘lib ijro etishdan boshlangan videokonferensiya aloqa tizimi asosida o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda viloyat studiyasidan Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va shaxsiy tarkib, hududiy studiyalardan shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining to‘liq shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Dastlab, maʼnaviyat va maʼrifat darsi doirasida ”Odam savdosi- davr muammosi” mavzusida maʼruza qilindi. Shundan so‘ng:
-joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat hududida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar;
-O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi bilan o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
-shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni taʼminlash masalalari birma-bir muhokama qilindi.
Ko‘tarilgan har bir masala bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosi va natijasi mutasaddi rahbarlarning shaxsiy javobgarligi asosida nazoratga olindi.
Yig‘ilish davomida yangi lavozimga tayinlangan xodimlar shaxsiy tarkibga tanishtirilib, xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh xodimlar tantanali tartibda rag‘batlantirildi.
Bundan tashqari, viloyat ichki ishlar organlarining turli rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat olib borib viloyatimiz hududida jinoyatchilikni jilovlash, yurtimiz tinchligi, fuqarolarimiz farovonligini taʼminlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan polkovnik Hasanov Oqil Axatovich , podpolkovnik Asatullayev Inoyat Raxmatullayevich, podpolkovnik Ergashev Beshim Qodirovichlarni nafaqaga kuzatish marosimi ham o‘tkazildi.
Tadbir yakunida yangi lavozimga tayinlangan va nafaqaga kuzatilgan safdoshlarimizning shaʼniga iliq fikrlar bildirilib, kelgusi faoliyatlariga omad va zafarlar tilandi.