4 Sentyabr 2023 yil 597

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tayotgan davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi shodiyonalariga ulanib ketgan "Bilimlar kuni" tadbirlarida ichki ishlar organlari xodimlari yo‘llarda harakat xavfsizligi, jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash bilan birga, mustaqillik darslarida ham ishtirok etib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Jumladan, Buxoro shahridagi 23-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida o‘tkazilgan tadbirda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov ishtirok etdi.

Boshqarma boshlig‘i o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlanganligi munosabati bilan muborakbod etib, maktabning birinchi sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarini topshirdi.

Shuningdek, viloyat 3 sektor rahbari taʼlim maskanida o‘quvchi-yoshlar, pedagogik jamoa uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi.

Viloyatning barcha hududlarida o‘tkazilgan bugungi "Bilimlar kuni" tadbirlari doirasidagi “Mustaqillik” darslarida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining barchasi ishtirok etdi.

Text to speech