5 Aprel 2024 yil 3882

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov "Xavfsiz va obod mahalla" tamoyili asosida Buxoro shahrining Bahovuddin Naqshband mahallasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi

Bugun, 5 mart kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni jilovlash, hududlarda aholi xavfsizligini taʼminlash, yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularni ish bilan taʼminlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida Buxoro shahrining Bahovuddin Naqshband mahallasida bo‘ldi.

Bunda, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish bilan birga, jarayonda aniqlangan masalalarni bartaraf etish, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha mahallaning “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, bundan tashqari, “mahalla yettiligi” aʼzolarining qonunchilikda belgilangan vazifalari asosida kunlik, haftalik, oylik hamda chokarlik ish rejalari borasidagi ishlari muhokama qilindi.

Boshqarma boshlig‘i jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholi muammolarni o‘rganib, bartaraf qilish choralarini ko‘rish hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, shu bilan bir qatorda, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosidagi qo‘shma Qaror bo‘yicha ishlarni kuchaytirish lozimligi borasida sektor rahbarlari va mahalla “yettilik” vakillariga bir qator topshiriqlar berdi.

Shuningdek, ayniqsa xotin-qizlar, yoshlar va voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning oldini olish, “ijtimoiy profilaktika”ni amalga oshirish, “nizoli oilalar” bilan ishlash, ularning farzandlarini ijtimoiylashuvini taʼminlash, taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda nazorat tizimini tashkil etish masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech