2 Dekabr 2023 yil 1623

Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov boshchiligida Buxoro shahrining "Fayzullo Xo‘jayev" mahallasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yechimiga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi

Bunda aholining mavjud muammolarini yaqindan o‘rganish va murojaatlarning joyida hal etilishiga asosiy eʼtibor qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladiganlari qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, mahallada faoliyat olib boruvchi “beshlik” vakillari ishtirokida “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qo‘shma Qaror ijrosi bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni tezkor va samarali hal etish choralarini ko‘rish borasida ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech