6 Fevral 2024 yil
1101
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov G‘ijduvon tumanining "Ko‘lijabbor" mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
Ayni kunlarda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan G‘ijduvon tumaning "Ko‘lijabbor" mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha va "Obod mahalla" dasturi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlarda boshqarma boshlig‘i yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash, elektr taʼminoti, ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini ko‘zdan kechirdi.
Aholi bilan bo‘lgan suhbatda ularning dardu-tashvishlari, muammolari tinglanib, mahalla ahlining murojaatlari takliflaridan kelib chiqib bu boradagi ishlar suratini oshirish zarurligi taʼkidlandi.