Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Shofirkon tumanida ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha "Andijon tajribasini" amaliyotga tatbiq etish borasida o‘rganish ishlarini olib bordi
Bugun, 27-fevral kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov viloyat 3-sektor hududiga qarashli Shofirkon tumanida bo‘ldi.
Dastlab, tuman sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirokida tumanning "Shibirg‘on" hamda “Sultonobod” mahallalaridagi xonadonlar atroflarida, dalalar va ekin yerlari chetlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari amalga oshirildi.
Boshqarma boshlig‘i boshchiligida Shofirkon tumanining "Qalmaqon" mahallasi hududida "Andijon tajribasi" asosida ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot bannerlari o‘rnatilishi tashkillashtirildi.
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Shofirkon tumanidagi o‘rganishlari doirasida tumanning 3-sektoridagi 17 ta maktab direktorlari hamda xususiy o‘quv kurslari rahbarlari bilan uchrashdi.
Bunda, yoshlarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun ularga zamon talablari asosida yetarli shart-sharoitlarni yaratish kerakligini alohida taʼkidlab, har bir maktabda o‘quvchilar uchun 1 tadan alohida jihozlangan sinfxonalar tayyorlash va xususiy kurslarga bepul foydalanishga berish borasida manzilli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, maktablarda tahsil olayotgan voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va ular bilan olib borilayotgan manzilli chora tadbirlar sifati bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.