4 Mart 2024 yil
2085
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamoal Miralimov boshchiligida Shofirkon tumanida "Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratishning samarali mexanizmlarini belgilash maqsadida imzolangan qo‘shma Qarori ijro yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
Unda, tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar masʼullari ishtirok etishdi.
Bunda, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish jarayonida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha har bir mahallaning “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, bundan tashqari, “mahalla yettiligi” aʼzolarining qonunchilikda belgilangan vazifalari asosida kunlik, haftalik, oylik hamda choraklik ish rejalarini belgilab olish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Shofirkon tumanidagi mahallalarda "Andijon tajribasi" asosida ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish kerakligi borasida ham manzillari aniq topshiriqlar berildi.