Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rganish hamda «Obod xonadon», «Obod ko‘cha» va «Obod mahalla» mezonlarini joylarda joriy etish, aholi bilan muloqot o‘tkazish va muammolarni bartaraf maqsadida viloyat 3 sektor hududiga kiruvchi Shofirkon tumaning "Quyi Chuqurak" mahallasida bo‘ldi.
O‘rganishlarda boshqarma boshlig‘i yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash, elektr taʼminoti, ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini ko‘zdan kechirdi.
Aholi bilan bo‘lgan suhbatda ularning dardu-tashvishlari, muammolari tinglanib, mahalla ahlining murojaatlari takliflaridan kelib chiqib bu boradagi ishlar suratini oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, aholi orasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish, pirovardida fuqarolarning bandligini taʼminlash kerakligi borasida tegishli mutasaddilarga manzillari aniq qilib belgilangan topshiriqlar berildi.
"Quyi Chuqurak" mahallasida bo‘lgan viloyat 3 sektor rahbari ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlar muammolarini ham o‘rgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish chora tadbirlari yuzasidan” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshirig‘i ijrosini taʼminlash yuzasidan o‘tkazilgan uchrashuvda boshqarma boshlig‘i shaxsan har bir yosh bilan suhbat qildi.
Bunda yoshlar tomonidan imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi, kontrakt to‘lovi, tibbiy davolanish va boshqa ijtimoiy muammolar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.