13 Mart 2024 yil 3251

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Vobkent tumanining "Shakarkent" hamda "Latifsovungar" mahallalarida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga yechim topish, hududni obodonlashtirish yuzasidan o‘rganishlar olib bordi

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov hududlarda bo‘lib, aholi bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazib, ularning muammolariga yechim izlamoqda.

Bugun, 13 mart kuni boshqarma boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan viloyat 3 sektor hududiga qarashli Vobkent tumanida o‘rganishlar olib borildi.

Jarayonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yo‘llar yoqalari, dala chetlari, xonadonlarning tomorqalariga tuproq va iqlim sharoitiga mos keluvchi mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, yo‘llarni tekislash, ariq-zovurlarni tartibga keltirish, yon-atrofni obodonlashtirish kabi ishlarni amalga oshirish yuzasidan masʼullarga manzilli, aniq topshiriqlar berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining joriy yil 12 mart kunida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida aholi daromadlarini oshirish borasida mahallada, ayniqsa kam daromadli, ishsiz qatlamning o‘zini o‘zi band qilishi orqali, "Bir jon boshiga bir million daromad" shiori ostida yo‘lga qo‘yilayotgan faoliyat turlari ham ko‘zdan kechirildi.

Vobkent tumani "Latifsobungar" mahallasida yashovchi seleksioner Abdurasul Shonazarov 4 yildan buyon zotli qo‘ylarni yetishtirib, hozirgi vaqtda 80 ga yaqin "Arashan" zotli qo‘ylarni parvarish qilib kelmoqda. 

IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov, tuman sektor rahbarlari ushbu xonadonda bo‘lib Abdurasul Shonazarov bilan suhbatda bo‘lishdi. Uning muammolarini eshitilib, hal etish choralari ko‘rildi.

O‘rganishlar doirasida Vobkent tumandagi “Veb texstil 2020” tikuv ishlab chiqarish sexi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.

Text to speech