13 Oktyabr 2023 yil 3935

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimovning navbatdagi sayyor qabuli Buxoro tumanida o‘tkazildi

Bugun, 13 oktyabr kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘i Mirjamol Miralimov Buxoro tumanining «Novmetan» mahallasida aholi muammolari yechimiga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda viloyat 3 sektor shtabi aʼzolari, tuman sektor rahbarlari, taalluqli korxona va tashkilotlar masʼullari hamda o‘z murojaati bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Bunda aholining mavjud muammolarini yaqindan o‘rganish va murojaatlarning joyida hal etilishiga asosiy eʼtibor qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladiganlari qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Boshqarma boshlig‘i shu kuni «Novmetan» mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilishing olini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ham o‘rgandi.

Jarayonda mahallaning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida topshiriqlar berildi.

Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining hududlar aholisi muammolari yechimiga bag‘ishlangan ommaviy sayyor qabullari tasdiqlangan rejaga asosan davom etmoqda.

Text to speech