14 Sentyabr 2023 yil 709

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rganish hamda «Obod xonadon», «Obod ko‘cha» va «Obod mahalla» mezonlarini joylarda joriy etish, aholi bilan muloqot o‘tkazish va muammolarni bartaraf etish maqsadida viloyat 3 sektor hududiga kiruvchi Shofirkon tumanining "Quyi Chuqurak" mahallasida bo‘ldi.

Boshqarma boshlig‘i dastlab mahalla hududida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab olish maqsadida hududga biriktirilgan tegishli tashkilot korxonalar vakillari ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazdi.

Unda  "Quyi Chuqurak" mahallasida yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash, elektr taʼminoti, ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini yaxshilash, aholi salomatligini asrash maqsadida xonadonma-xonadon yurgan holda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etish zarurligi to‘g‘risida topshiriqlar berildi.

Aholi bilan bo‘lgan suhbatda ularning dardu-tashvishlari, muammolari tinglanib, mahalla ahlining murojaatlari takliflaridan kelib chiqib bu boradagi ishlar suratini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek, aholi orasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish, pirovardida fuqarolarning bandligini taʼminlash kerakligi borasida tegishli mutasaddilarga manzillari aniq qilib belgilangan topshiriqlar berildi.

Text to speech