Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov voyaga yetmaganlar bilan ishlashning “Buxoro tajribasi” asosida G‘ijduvon tumanida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
Bugun Buxoro viloyatida voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida umumtaʼlim maktablaridagi jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan alohida toifalardagi ishlash lozim bo‘lgan o‘quvchilarning ro‘yxati shakllantirilib, maktab psixologi, o‘quvchining sinf rahbari, yashash mahallasi yoshlar yetakchisi hamda biriktirilgan inspektor-psixolog mazkur toifadagi voyaga yetmaganlarning har biri bilan alohida ishlash tizimi yaratildi.
Boshqarma boshlig‘ining G‘ijduvon tumanida bo‘lgan o‘rganishlari doirasida 56-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida ushbu tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Bunda, ushbu tizim asosida hamkorlikda faoliyat olib boruvchi to‘rtlik vakillariga jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan alohida toifalardagi voyaga yetmagan yoshlarning yashash xonadoniga borib, ular bilan individual suhbatlar olib borish kerakligi, maktabning ichki nazoratiga tushish sabablarini aniqlash bilan birga, oilaviy sharoitlarini, ota-onasi bilan o‘zaro munosabati, oilada o‘quvchining taʼlim olishi uchun yaratilgan sharoit hamda oilaviy muhitini o‘rganib, mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirishlari zarurligi alohida taʼkidlandi.
Shundan so‘ng, ushbu dalolatnomaga asosan mazkur yoshlarning psixologik portretlarini shakllantirib, ularni sog‘lom turmush-tarziga qaytarish uchun alohida reja dastur asosida ishlarni tashkil etish kerakligi borasida ham tegishli mahsullarga alohida topshiriqlar berildi.
Shuningdek, o‘rganishlar jarayonida ushbu maktabda qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik, issiq tizimining holati ko‘zdan kechirildi.