31 May 2025 yil 650

Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining tegishli farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Nazorat” maxsus profilaktik tadbiri o‘z samarasini bermoqda

Buxoro viloyati hududida ilgari sudlangan shaxslar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularni ijtimoiy-maishiy taʼminlash, namunali hayot tarziga qaytarish, doimiy ish va daromad manbaiga ega qilish maqsadida Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining alohida farmoyishiga asosan viloyat miqyosida joriy yilning 10 mayidan – 10 iyuniga qadar “Nazorat” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilishi belgilab berildi.

Tadbir davomida asosan ilgari sudlanganlar, maʼmuriy nazorat qonuni taʼsiri ostiga tushuvchilar, maʼmuriy nazoratda turganlar va probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan profilaktik ogohlantiruv tadbirlarini olib borish vazifasi yuklatilgan.

Shundan kelib, chiqib, jinoyat sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan, muqaddam og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxslarning ro‘yxati shahar-tumanlar kesimida shakllantirildi.

Tadbir davomida ilgari sudlangan shaxslar bilan profilaktik ogohlantiruv ishlari olib borildi.

Bundan tashqari maʼmuriy nazorat qonuni taʼsiri ostiga tushuvchi va ular orasidan maʼmuriy nazoratga olingan, shuningdek, probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan ham individual suhbatdan o‘tkazildi.

Tadbir davomida 70 nafar maʼmuriy nazorat qonuni taʼsiri ostiga tushuvchi ilgari sudlangan shaxslarga nisbatan maʼmuriy nazorat o‘rnatilib, maʼmuriy nazorat qoidalarini buzgan 35 nafar shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 206-moddasiga asosan hamda shu turdagi jinoyat bo‘yicha 4 nafar shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 226-moddasiga asosan javobgarlik masalalari hal etildi.

“Nazorat” maxsus profilaktik tadbiri Buxoro viloyati bo‘ylab davom etmoqda.

Text to speech