27 Dekabr 2023 yil
1852
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov huzurida xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatlar sodir etilishining oldini olish borasida 2024 yilda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
Muhokama yig‘ilishida o‘tgan davr mobaynida Buxoro viloyatida ayollar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarga birma-bir to‘xtalinib , ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, masʼullar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar xususida tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida jinoyatchilikni oldini olish va unga imkon bergan sabablarni chuqurroq o‘rganish, bunday shaxslar tomonidan sodir etilgan har bir jinoyatga favqulodda holat sifatida qarash taʼkidlandi.