10 Yanvar 2024 yil
2392
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov "Obod xonadon", "Obod ko‘cha va "Obod mahalla" mezonlarini joylarda joriy etish, aholi bilan muloqot o‘tkazish va muammolarni bartaraf maqsadida viloyat 3 sektor hududiga kiruvchi G‘ijduvon tumaning “Ko‘lijabbor” mahallasida bo‘ldi
O‘rganishlarda boshqarma boshlig‘i yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash, elektr taʼminoti, ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini ko‘zdan kechirdi.
Aholi bilan bo‘lgan suhbatda ularning dardu-tashvishlari, muammolari tinglanib, mahalla ahlining murojaatlari takliflaridan kelib chiqib bu boradagi ishlar suratini oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, aholi orasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish, pirovardida fuqarolarning bandligini taʼminlash kerakligi borasida tegishli mutasaddilarga manzillari aniq qilib belgilangan topshiriqlar berildi.