Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov huzurida Kogon, Olot, Peshku tumanlari hamda Kogon shahrida 2023 yilda jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va 2024 yilda bajariladigan chora-tadbirlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Mazkur yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tegishli tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlari ishtirok etishdi.
Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda, erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi xususida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tuman (shahar) IIB boshliqlari va boshqa masʼullarning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha bildirilgan taklif hamda mulohazalar bo‘yicha o‘zining tavsiyalarini berib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan kerakli xulosa chiqarib, berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Birinchi navbatda har bir ichki ishlar organi xodimining o‘zi xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy amal qilishi, xizmat vazifasiga vijdonan yondashishi, asosiysi vatanga, xalqqa va xizmatiga sadoqatli bo‘lishi lozimligi yana bir bor taʼkidlab o‘tildi.
2024 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ishlab chiqilgan tashkiliy tadbirlar rejasi va yo‘l xaritalarini yana bir bor sinchkovlik bilan ko‘rib chiqib, har bir yo‘nalish bo‘yicha barcha ustuvor vazifalarni belgilab olgan holda ijroga qaratish lozimligi yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
Yakunda yig‘ilish bayoni tuzilib, har bir bandi ijrosini taʼminlash bo‘yicha nazorat o‘rnatildi.