30 Oktyabr 2024 yil 1576

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi

Bugun, tasdiqlangan reja asosida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish xonasida boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov fuqarolarning 3-sektor, ichki ishlar organlarining kundalik faoliyati hamda sud-huquq masalalariga doir murojaatlarini qabul qildi.

Qabul jarayonida 20 ga yaqin fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan ko‘rsatmalar berildi.

Har bir murojaatning ijrosi alohida nazoratga olinib, murojaatlar yechimi yuzasidan ariza mualliflariga belgilangan muddat va talablar asosida javob xatlarining yuborilishi tushuntirilib, har masalaga huquqiy tushuntirish berildi.

Text to speech