Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Buxoro shahrida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
Bugun, 8 sentyabr kuni viloyat 3-sektor rahbari Buxoro shahrida joylashgan 8 hamda 34-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktablarida bo‘lib, o‘quvchi yoshlarning taʼlim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Boshqarma boshlig‘i yoshlar taʼlim tarbiyasi eng muhim masala ekanligini taʼkidlab, taʼlim dargohlarida kelajagimiz egalarining bilim olishi uchun zamonaviy standartlar asosidagi o‘qitish tizimi tashkil qilish borasida tegishli masʼullarga o‘z tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvandlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmasliglari bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish borasida Buxoro shahar IIO FMB masʼullariga tegishli topshiriqlar berildi.
O‘rganishlar davomida “Razzoq Hamroyev” mahallasida bo‘lgan boshqarma boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.